Husiylar Isroilga ketayotgan kemalarni yana o‘qqa tutish niyatida

Husiylar Isroilga ketayotgan kemalarni yana o‘qqa tutish niyatida

Yaman husiylari Isroilga qarshi operasiyaning yangi bosqichini boshlamoqda, jumladan, O‘rtayer dengizida bu davlatga suzib ketayotgan kemalarga hujum uyushtirmoqchi. Bu haqda isyonchilar matbuot kotibi general Yahyo Soriy xabar berdi.

«Qurolli kuchlarimiz eskalasiyaning to‘rtinchi bosqichi boshlanganini e’lon qiladi. Bu, birinchidan, Isroilga kemalarning o‘tishiga qo‘yilgan taqiqni buzgan va O‘rtayer dengizi orqali Falastin portlariga yo‘l olgan barcha kemalarga hujumni o‘z ichiga oladi», deb Soriy so‘zlarini keltirdi Interfax.

Hozirgacha husiylar O‘rtayer dengizidagi kemalarga hujum qilishga urinmagan, chunki hudud Yaman isyonchilari bazalaridan ancha uzoqda joylashgan. Ular Adan ko‘rfazi va Qizil dengizda kemalarga hujum qilayotgan edi.

Soriy agar Isroil Rafahda harbiy operasiya boshlasa, husiylar Isroilga yo‘l olgan kemalarga nisbatan yanada qattiqroq choralar ko‘rishga tayyorligini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!