"Al-Nasr" raqibini ayab o‘tirmadi. Ronaldudan het-trik!

"Al-Nasr" raqibini ayab o‘tirmadi. Ronaldudan het-trik!

Saudiya Arabistoni chempionatining 30-turidan o‘rin olgan "Al-Nasr" va "Al-Vehda" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bellashuvda maydon egalari yirik 6:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Riyodliklar yetakchisi Krishtianu Ronaldu ushbu o‘yinda het-trik qayd etdi. Qolgan gollarga Otavio, Mane va Al Fatil mualliflik qildi.

Ma’lumot uchun, "Al-Nasr" ushbu g‘alabadan keyin ochkolar sonini 74taga yetkazib oldi va ikkinchi o‘rinda bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!