Sirdaryoda Nexia gaz balloni portlab ketdi

Sirdaryoda Nexia gaz balloni portlab ketdi

Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Nexia avtomobili portlab ketdi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, fuqaro L.N boshqaruvida bo‘lgan Nexia-1 rusumli avtomashina Guliston shahar Do‘stlik mahallasi Xondamir ko‘chasi yo‘l chetida to‘xtab turgan vaqtida avtomashinaga o‘rnatilgan gaz balloni yorilib ketgan. Hodisa sodir bo‘lgan vaqtda avtomashina salonida hech kim bo‘lmagan.

Ushbu hodisa oqibatida og‘ir turdagi tan jarohati olganlar yo‘q. Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!