APLda "Oltin qo‘lqop" kimga nasib etadi?

APLda "Oltin qo‘lqop" kimga nasib etadi?

"Arsenal" posboni David Rayya Angliya Premyer-ligasining eng yaxshi darvozaboni bo‘ldi.

"To‘pchilar" kiperi joriy mavsum yakunlariga ko‘ra "Oltin qo‘lqop" sovrini g‘olibiga aylandi. Kecha "Everton" posboni Jordan Pikford "Luton"ga qarshi bahsda (1:1) gol o‘tkazib yuborgandan so‘ng Rayyaning sovrini kafolatlandi.

Rayya joriy mavsum APLning 29ta uchrashuvida ishtirok etib, 14ta bahsda darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. Pikfordda esa 12ta "quruq" o‘yin bor va u ko‘pi bilan ispaniyalikning natijasini takrorlashi mumkin.

David Rayya 2023 yilning avgustida ijara asosida "Brentford"dan "Arsenal"ga o‘tgan edi. Joriy mavsum u 23ta gol o‘tkazib yubordi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!