Turkiya tashqi ishlar vaziri Gambiya prezidenti bilan uchrashdi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Gambiya prezidenti bilan uchrashdi

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Gambiya Prezidenti Adama Barrou tomonidan qabul qilindi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligining ijtimoiy tarmoqda chop etilgan xabarida aytiladi.

Turk vazir Islom hamkorlik tashkilotining (IHT) 15-sammitida ishtirok etish uchun Gambiya poytaxti Banjul shahrida bo‘ldi.

Fidan Gambiyada faoliyat yuritayotgan turk firmalari vakillari bilan ham uchrashdi.

IHTga a’zo davlatlar tomonidan har uch yilda bir marta tashkil etiladigan sammit 4-5 may kunlari Afrika qit’asidagi eng kichik davlat Gambiyada bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!