«Real» sardorining yangi jamoasi Yevropadan bo‘lmaydi

A A A
«Real» sardorining yangi jamoasi Yevropadan bo‘lmaydi

Nacho Fernandes shu yozda Yevropani tark etadi.

Marca nashrining yozishicha, «Real» sardori faoliyatini MLSda davom ettirishga qaror qildi. U, shuningdek, kattaroq takliflarni rad etgan.

Ta’kidlanishicha, 34 yoshli himoyachi YECHL yarimfinalidan o‘rin olgan «Bavariya»ga (2:2) qarshi bahsda nega zaxiraga olinganini tushunmagan va bundan jahli chiqqan.

Bu mavsumda Nacho La Ligada 24 ta o‘yin o‘tkazdi. U Madrid klubi tarbiyalanuvchisi sanaladi va 2012 yildan beri asosiy jamoada o‘ynab keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!