Erdog‘an: Turkiya faqat Isroilni aqlga keltirish uchun harakat qilyapti

Erdog‘an: Turkiya faqat Isroilni aqlga keltirish uchun harakat qilyapti

Turkiya rahbari Turkiya Mustaqil sanoatchilar va ishbilarmonlar uyushmasi (MÜSİAD) boshqaruv kengashi a’zolari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Turkiya va Isroil o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 9,5 milliard dollarni tashkil etganini, ammo shunga qaramay, mamlakat to‘liq "Bu eshikni yopdi", deb xabar berdi.

Rejep Tayyip Erdog‘an, Isroil bilan savdoni to‘xtatish masalasiga nisbatan Turkiya faqat Isroilni aqlga keltirish va Falastinda to‘liq sulhga erishish uchun harakat qilayotganini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyaning bu masalada birgina maqsadi bor – nazoratdan chiqib ketgan Binyamin Netanyaxu ma’muriyatini Falastinda o‘t ochishni to‘xtatishga majbur qilish.

Shu bilan birga, Turkiya rahbari Turkiya hukumati Isroilni urushni tugatishga majburlash va Falastinga insonparvarlik yordami hajmini oshirish uchun bir qator tijoriy choralar ko‘rganini ta’kidladi.

“Turkiya G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami jo‘natish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Shu kungacha Falastin xalqiga salkam 50 ming tonna yuk jo‘natildi. Biz mintaqamizdagi biror bir davlat bilan dushmanlik yoki urush olib borishga intilmaymiz. Biz shunchaki geografiyamizda to‘qnashuvlar, qon va ko‘z yoshlar ko‘rishni istamaymiz”, – deydi Rejep Tayyip Erdog‘an.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!