Jahongir Ortiqxo‘jayev: "O‘zbekiston U-23 terma jamoasi biz uchun haqiqiy chempionlardir"

Jahongir Ortiqxo‘jayev: "O‘zbekiston U-23 terma jamoasi biz uchun haqiqiy chempionlardir"

"Paxtakor" futbol klubi raisi Jahongir Ortiqxo‘jayev Qatarda yakuniga yetgan U-23 Osiyo kubogida terma jamoamizni munosib ishtirok etgani bilan tabrikladi.

- Mamlakatimiz sporti tarixida jamoaviy sport turlari ichida birinchi bo‘lib Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston U-23 termasining har bir a’zosini yana bir bor katta yutuq bilan tabriklayman. Ular o‘zbek futboli nomini dunyoga yanada tanitish yo‘lida katta ishni amalga oshirishdi. Barchangiz haqiqiy qahramonlik ko‘rsatdingiz va olqishlarga munosibsiz! "Paxtakor" futbol klubi mazkur jamoaning 11 nafar futbolchisini tarbiyalagani bilan faxrlanadi. Futbolda Olimpiada masalasini hal etdik. Parijda ham sizlarga omad tilaymiz, ishonamiz va muxlislik qilamiz!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!