Qirg‘izistonda bolalarni urib yuborgan yuk mashinasi sabab 12 nafar polisiyachi jazolandi

Qirg‘izistonda bolalarni urib yuborgan yuk mashinasi sabab 12 nafar polisiyachi jazolandi

Qirg‘izistonda Sozaq tumanida yuk mashinasi maktab o‘quvchilarini urib yuborishi bilan bog‘liq hodisa yuzasidan viloyat ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan idoralararo komissiya tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijalari e’lon qilindi, natijada Qirg‘iziston Respublikasi IIVning 12 nafar xodimi jazolandi.

Jalolobod viloyati IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tadbir davomida xavfsizlikni yetarli darajada ta’minlamaganligi va tegishli profilaktika ishlarini olib bormaganligi uchun 12 nafar xodim intizomiy javobgarlikka tortildi.

Sozaq tumani IIB boshlig‘i va uning o‘rinbosari, shuningdek, voqea sodir bo‘lgan hududda xizmat ko‘rsatgan Oktyabr qishloq ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i egallab turgan lavozimlaridan chetlashtirildi.

Shuningdek, Jalolobod viloyati IIB boshliqlari va Sozaq viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi xodimlariga nisbatan intizomiy choralar ko‘rildi.

Avvalroq Jalolobod viloyati Sozaq tumani Jerge-Tal qishlog‘ida sodir bo‘lgan voqea yuzasidan Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning topshirig‘iga asosan komissiya tuzilib, uning tarkibiga mutasaddi tashkilotlar vakillari kiritilgani xabar qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2 may kuni Sozaqda “Manas” dostonining 1000 yilligiga bag‘ishlangan tuman maktablarida o‘tkazilgan fleshmob chog‘ida tog‘ tepaligida to‘xtab turgan muzqaymoq ortilgan mini-yuk mashinasi haydovchi boshqaruvisiz harakatlanib, bolalarni urib yuborgan edi.

«Hyundai Porter» yuk mashinasi urib ketgan yigirma nafar maktab o‘quvchisi shifoxonalarda yotibdi. Yuk mashinasi haydovchisi hibsga olingan. 3 may kuni Sadir Japarovning ko‘rsatmasi bilan jarohatlangan 10 nafar bola maxsus samolyotda Bishkek shahar bolalar klinik shoshilinch tibbiy yordam shifoxonasiga yetkazilgan, shundan 4 nafari reanimasiyada, 6 nafari travmatologiya bo‘limiga yotqizilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!