Shmigal: "Rossiya Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi"

Shmigal: "Rossiya Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi"

Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal Rossiya butun urush davomida Ukraina hududidagi 250 mingdan ortiq turar-joy binosini vayron qilganini ma’lum qildi.

Bu haqda Ukrinform nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, Denis Shmigal 3 may kuni hukumat yog‘ilishi paytida Rossiya tomonidan Ukraina shaharlariga yetkazilgan talafot haqida hisobot e’lon qilgan. Hisobotga ko‘ra, hozirda 250 ming bino yashash uchun yaroqsiz holatda.

Ukraina bosh vaziri ,shuningdek, mamlakatni qayta tiklash uchun sarflanishi talab etiladigan mablag‘ borasida ham hisobotini o‘qib eshittirgan. Unga ko‘ra, urush tufayli iqtisodiyoti vayron bo‘lgan mamlakatni tiklash uchun kamida 486 milliard dollar kerak bo‘ladi.

“Ukraina ozodligi uchun kurash davom etmoqda. Ammo biz mamlakatni qayta tiklashni hozirdan rejalashtirmoqdamiz. Hamkorlarni jalb qilib, resurslar izlayapmiz”, — degan Shmigal.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!