"Jirona" kambek evaziga "Barselona"ni uchinchi o‘ringa tushirib, "Real"ni chempionga aylantirdi

"Jirona" kambek evaziga "Barselona"ni uchinchi o‘ringa tushirib, "Real"ni chempionga aylantirdi

Ispaniya La Ligasi 34-turidan o‘rin olgan "Jirona" va "Barselona" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin nihoyasiga yetdi. Kataloniya derbisida mezbonlar kambek amalga oshirib, "Barsa"ni 4:2 hisobida mag‘lub etdi.

"Jirona" safida Portu dubl qilgan bo‘lsa, qolgan ikki golni Dovbik va Gutyerres o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi. "Barselona" gollargiga Kristensen va hamda Levandovski mualliflik qildi.

Shu tariqa, "Jirona" ochkolar sonini 74 taga yetkazib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. G‘alaba qozona olmagan "Barsa" chempionlik uchun imkoniyatlarni yo‘qotdi va "Real" muddatidan avval La Liga g‘olibiga aylandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!