Toshkentda Tracker va Cobalt ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda Tracker va Cobalt ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2 may kuni soat 19:15 larda Chilonzor tumani Do‘mbirobod ko‘chasida ikkita avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘lgan. 19 yoshli SH.A. boshqaruvida bo‘lgan Tracker rusumli avtomashina va 33 yoshli K.I. boshqaruvida bo‘lgan Cobalt rusumli avtomashinaga urilgan.

YTH oqibatida Cobalt haydovchisi tan jarohati olgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!