"Real" "Kadsi"ni mag‘lub etib, chempionlikka yaqinlashdi

"Real" "Kadsi"ni mag‘lub etib, chempionlikka yaqinlashdi

Ispaniya La Ligasi 34-turidan o‘rin olgan "Real" va "Kadis" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur to‘qnashuvda "qirollik klubi" yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab, Brahim Dias hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi golni zaxiradan qo‘shilgan Jud Bellingem o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi. Xoselu qo‘shib berilgan daqiqalarda uchinchi golni urib, o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Ma’lumot uchun, madridliklar ayni damda 87 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. Agar "Barselona" "Jirona"ga mag‘lub bo‘lsa, "Real" muddatidan avval chempionga aylanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!