Bitta kiberhujum Indoneziyani qanday qilib falaj qildi?!

Bitta kiberhujum Indoneziyani qanday qilib falaj qildi?!

Indoneziya prezidenti Djoko Vidodo saqlangan aksariyat ma’lumotlarning zaxira nusxalari yo‘qligini aniqlab, davlat ma’lumotlar markazlarida audit o‘tkazishni buyurdi. Bu kamchilik 20 iyun kuni Muvaqqat Milliy ma’lumotlarmarkaziga (Temporary National Data Centre - PDNS) katta xakerlik hujumi natijasida aniqlandi.

Hujumchi guruh "Brain Cipher" "LockBit ransomware" dasturining yangi versiyasidan foydalangan. Aloqa va axborotlashtirish vaziri o‘rinbosari Nezar Patrianing aytishicha, zararli dastur hujum qilingan serverlardagi barcha fayllarni shifrlagan. Xakerlar ma’lumotlarni qayta ochish uchun 131 milliard rupiy (taxminan 8 million dollar) to‘lov talab qilishgan.

Indoneziya hukumati kiberjinoyatchilarning talablarini bajarishdan bosh tortmoqda. Aloqa va informatika vaziri Budi Arye Setiadi jurnalistlarga rasmiylar to‘lovni to‘lamoqchi emasligini aytdi. Buning o‘rniga, mutaxassislar olingan ma’lumotni o‘zlari ochishga harakat qilishadi.

Vaziyat mamlakat parlamentida keskin reaksiyaga sabab bo‘ldi. Milliy kiberxavfsizlik va shifrlash agentligi (BSSN) rahbari Hinsa Siburian ikki buzilgan ma’lumotlar markazlaridan biridagi ma’lumotlarning 98 foizi zahiralanmaganligini tan oldi. Xalq deputatlari kengashi birinchi komissiyasi raisi Mutya Hafid vaziyatning jiddiyligi haqida gapirib, milliy ma’lumotlarning zaxira nusxalari yo‘qligini boshqaruv muammosi deb atadi.

Vazir Budining so‘zlariga ko‘ra, zaxira nusxalarini yaratish imkoniyati davlat idoralarida mavjud edi, biroq undan foydalanish ixtiyoriy bo‘lib qoldi. Ko‘pgina bo‘limlar byudjet cheklovlari tufayli zaxira nusxalarini olishdan bosh tortdi. Kelajakda zaxira nusxalarini yaratish talabga aylanadi.

Indoneziya vise-prezidenti Ma’ruf Aminning aytishicha, hujumdan ko‘rilgan zarar ko‘lami yaqinda turli idora va vazirliklarning ma’lumotlari markazlashtirilgani bilan bog‘liq. Uning ta’kidlashicha, markazlashtirilgandan so‘ng bitta tizimni buzish barchasiga ta’sir qildi. vise-prezident, shuningdek, ilgari xakerlar hujumining bunday halokatli oqibatlarini tasavvur ham qilmaganini tan oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!