Xitoyda moliyaviy sektorda maoshlarga cheklovlar joriy etiladi

Xitoyda moliyaviy sektorda maoshlarga cheklovlar joriy etiladi

Bu haqda sanoat manbalariga tayanib South China Morning Post nashri xabar berdi.

Xitoy hukumati moliyaviy sektorda isrofgarchilikka barham berish kampaniyasini kuchaytirmoqda. Rasmiylar moliya xodimlarining yillik ish haqini taxminan 3 million yuan (412 ming dollar) bilan cheklashni rejalashtirmoqda.

Qoida barcha davlat moliya institutlari, jumladan, banklar, investisiya fondlari va brokerlik kompaniyalariga nisbatan qo‘llaniladi. Bu xususiy kapitalga ega firmalarga ta’sir qilmaydi.

Manbalarga ko‘ra, chora orqaga kuchga ega bo‘ladi. Ya’ni, so‘nggi bir necha yil ichida 3 million yuandan ortiq daromad olganlar, ehtimol, ortiqcha pulni qaytarishlari kerak.

Bu harakat XXR raisi Si Szinpinning boylikni teng taqsimlash zarurligini ta’kidlagan «Birgalikda farovonlik» tashabbusidagi so‘nggisi bo‘ldi.

O‘tgan yili xitoylik bankirlarga xizmat safarlarida hashamatli kiyim-kechak va besh yulduzli mehmonxonalardan qochish tavsiya qilingan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!