Indoneziyadagi g‘ordan dunyodagi eng qadimiy qoyatosh suratlari topildi

Indoneziyadagi g‘ordan dunyodagi eng qadimiy qoyatosh suratlari topildi

Olimlar Indoneziyadagi g‘ordan dunyodagi eng qadimgi qoyatosh suratlarini topishdi. Bu haqda Al Jazeera nashri Jakartadagi manbalarga asoslanib, xabar berdi.

Suratlar Sulavesi orolidagi g‘orda aniqlangan. Qoyatosh tasvirida katta qizil cho‘chqa atrofida to‘plangan uch kishi tasvirlangan. Ushbu obraz qadimgi odamlarning ov jarayonini ifodalab beradi.

Topilma yuzasidan e’lon qilingan tadqiqot ishida tasvirlar 51 200 yillik tarixga ega ekanligi aytilgan. Suratlarni chizishda hayvon qoni ishlatilgani va g‘or ichidagi muhit o‘zgarmas bo‘lishi ularning uzoq saqlanishini ta’minlagan.

Avstraliyaning Griffit universiteti arxeologi va Nature jurnalida chop etilgan yangi tadqiqot hammuallifi Maksim Obert tasvirlari hech shubhasiz eng qadimgi namunalar ekanligini aytgan. Topilma Yava pitekantroplari borasidagi qadimiy farazlarni o‘zgartirishi mumkinligi aytilgan.

Qoyatosh suratlari topilgan Leang Karampuang g‘orida tadqiqotchilar qo‘shimcha o‘rganish olib borayotgani aytilgan. G‘or joylashgan Janubiy Sulavesi shtatining Maros-Pangkep tumanidan ko‘plab mahalliy qiziquvchilar tadqiqot hududiga tashrif buyurishgan.

Professor Obertning taxminiga ko‘ra, tasvirlar 65 000 yil oldin Janubiy Osiyo hududiga ko‘chib kelgan qadimgi odamlar tomonidan chizilgan. Bu odamlar bir muddat Sulavesi, Sumatra va Yava orollarida yashab, keyinchalik Avstraliyaga ko‘chgan bo‘lishi mumkin.

Avvallari olimlar eng qadimgi qoyatosh suratlari Yevropada yaratilgan deb hisoblar edi. Yevropa janubida topilgan namunalar hozirchalik eng qadimiy tasvirlar sifatida muhofazaga olib kelingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!