General Motors 146 million dollar jarima to‘laydi

General Motors 146 million dollar jarima to‘laydi

General Motors federal hukumatga qariyb 146 million dollar jarima to‘laydi. Bunga kompaniyaning 5,9 millionta eski avtomobili zararli chiqindilar va yonilg‘i tejash standartlariga mos kelmasligi sabab bo‘ldi. Bu haqda Washington Post xabar berdi.

AQSh Milliy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bayonotiga ko‘ra, 2012 yildan 2018 yilgacha bo‘lgan ayrim modellar federal yonilg‘i tejash talablariga javob bermaydi. Jarima Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi (EPA) GM pikaplari va sportkarlari o‘rtacha 10 foizdan ko‘proq karbonat angidrid chiqarishini aniqlaganidan keyin e’lon qilindi.

“GM avtomobillari oynalaridagi stikerlarda ko‘rsatilganidan kamida 10 foizga ko‘proq yonilg‘i sarflaydi, ammo kompaniya stikerlarda ko‘rsatilgan gallon uchun milni kamaytirishni talab qilmagan”, — deydi agentlik.

GM bayonotida o‘z avtomobillari ifloslanish va yonilg‘i sarfi sertifikati bo‘yicha barcha qoidalarga rioya qilganini aytdi. Kompaniya matbuot kotibi Bill Grotzning aytishicha, muammo EPA 2016 yilda o‘rnatgan tartib-qoidalarining o‘zgarishi bilan bog‘liq.

“Mashina egalari hech qanday chora ko‘rishi shart emas, chunki transport vositalarida hech qanday nuqson yo‘q”, — dedi Grotz.

Havoni ortiqcha ifloslantirgan modellar qatoriga Chevy Tahoe, Cadillac Escalade va Chevy Silverado kirishi ma’lum qilingan


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!