Vobkent tumanida fuqaro g‘alladan bo‘shagan yer maydonida somon qoldiqlarini yoqib yubordi

Vobkent tumanida fuqaro g‘alladan bo‘shagan yer maydonida somon qoldiqlarini yoqib yubordi

👮‍♀️Buxoro viloyat Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Vobkent tuman inspeksiyasi inspektorlari tomonidan tuman hududlarida nazorat reyd tadbirlari olib borildi.

🚨Olib borilgan reyd tadbirlari davomida tumanning «Shakarkent» MFY hududida joylashgan g‘alladan bo‘shagan 20 sotixli yer maydonida somon qoldiqlari yoqib yuborilganligi aniqlandi.

💬Holat yuzasidan fuqaro A.B ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida»gi kodeksning 88-moddasi 3-qismiga asosan 1 020 000 so‘m jarima hamda tabiatga yetkazilgan zarar 1 282 000 so‘m hisoblandi.

📝Ma’lumot uchun Somon poya qoldiqlari yonishi natijasida atmosfera havosiga juda ko‘p miqdorda (toksik) zaharli moddalar uglerod oksidi (SO), azot oksidi (NOx), azot ikki oksidi (NO2), benz(a)piren dioksin, dibenzofuran, oltingugurt oksidi, fosgen kabi inson sog‘ligi uchun o‘ta zararli bo‘lgan zaharli moddalar chiqishi va yong‘in natijasida yuqori harorat tufayli tuproq tarkibidagi makro va mikro elementlarning yo‘q bo‘lib ketishi oqibatida ekin yerlarining ball boniteti keskin pasayishi, tuproq unumdorligiga ham zarar yetishiga olib keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!