Rossiya Ukrainadagi urushni tugatish mumkin bo‘lgan sanani ma’lum qildi

Rossiya Ukrainadagi urushni tugatish mumkin bo‘lgan sanani ma’lum qildi

Rossiya Bosh shtabi Bosh harbiy-siyosiy boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, «Axmat» maxsus kuchlari qo‘mondoni, general-mayor Apti Alaudinov Ukrainadagi urush yakunlanishi mumkin bo‘lgan sanani ma’lum qildi. Uning fikricha, bu 2024 yilning kuzida sodir bo‘ladi.

Alaudinovning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev ham qurolli to‘qnashuv o‘z nihoyasiga yetayotganini anglab yetgan. Rossiyalik general-mayorning aytishicha, hozirda operativ vaziyat Rossiya harbiylari nazorati ostida. Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin orada Rossiya armiyasi uchun Ukraina Qurolli kuchlariga qarshi hal qiluvchi janglar bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin, agar AQSh Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatsa, mojaro ikki-uch oy ichida barham topishi mumkinligini aytgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!