“Lukoil”ga nisbatan narx manipulyasiyasi bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi

“Lukoil”ga nisbatan narx manipulyasiyasi bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan “Lukoil Overseas Supply and Trading Ltd” kompaniyasining birja savdolari orqali texnik oltingugurt mahsulotini realizasiya qilishda, shu jumladan birja savdolarida mahsulot hajmlarini nomuvofiq qo‘yish kabi manipulyasiya holatlari orqali mahsulot narxlarini oshishiga olib kelgan harakatlarining alomatlari aniqlangan.

Natijada birja savdolarida texnik oltingugurt mahsuloti narxlari o‘rtacha 10 foizdan 50 foizgacha oshishiga sabab bo‘lgan.

Shu munosabat bilan, Raqobat qo‘mitasi tomonidan “Lukoil Overseas Supply and Trading Ltd” kompaniyasiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18 martdagi 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!