Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari qurbonlari soni 37 953 kishiga yetdi

Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari qurbonlari soni 37 953 kishiga yetdi

Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari qurbonlari soni 37 953 kishiga yetdi, deb xabar qilmoqda G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi, Anadolu agentligi.

Qariyb to‘qqiz oy davomidagi tajovuz qurbonlarining umumiy soni 87 266 kishiga yetdi.

Isroilning G‘azo sektoriga quruqlikdan, dengizdan va havodan amalga oshirayotgan ommaviy hujumlari qariyb 273 kundan beri to‘xtamayapti. Qurbonlarning to‘rtdan uch qismi ayollar va bolalardir.

Shuningdek, halok bo‘lganlarning jasadlari hamon vayron bo‘lgan binolar vayronalari ostida va yo‘l chetlarida qolayotgani qayd etilgan. Tez yordam va fuqaro mudofaa guruhlari Isroil kuchlarining to‘siqlari tufayli ularga yetib bora olmayapti.

Mintaqada gumanitar falokat yuz bermoqda. Yordamni yetkazishning qiyinligi va imkonsizligi tufayli oziq-ovqat, toza suv va dori-darmonlar keskin tanqisligi kuzatilmoqda.

G‘azoning 2,3 million aholisi doimiy bombardimon, o‘q otish va harbiy hujumlar ostida blokadada omon qolishga majbur.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!