Qum-shag‘al qazigan huquqbuzarlarga 10 million so‘mdan ortiq jarima belgilandi

Qum-shag‘al qazigan huquqbuzarlarga 10 million so‘mdan ortiq jarima belgilandi


Navoiy viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Nurota va Tomdi tuman bo‘limlari davlat inspektorlari tomonidan navbatdagi nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi.


Nurota tumanidagi reyd davomida fuqaro X.M. tomonidan tumanning «Amir Temur» MFY hududidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al aralashmasi olib ketilayotganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 3 mln 400 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.

Tomdi tumani Ekologiya bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat reyd tadbiri davomida esa fuqarolar C.K. va CH.B. tomonidan tumanning «Tomdibuloq» OFY hududidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al aralashmasini yuklab olib ketilayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan MJtKning 70-moddasi 1-qismiga asosan, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 6 mln 800 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!