Aleks Fergyuson: Ronaldo JCH—2026 da ishtirok etishini tasavvur qilolmayman

Aleks Fergyuson: Ronaldo JCH—2026 da ishtirok etishini tasavvur qilolmayman

Afsonaviy murabbiy Aleks Fergyuson Krishtianu Ronalduning JCH—2026 da ishtirok etishini tasavvur qila olmasligini aytib o‘tdi.

“Buni tasavvur qila olmayman. Yaqin yillarda futbol yanada tezkor bo‘ladi. Qolaversa, markaziy hujumchilar uchun joy yanada qisqarib boradi.

Yoshi o‘tgan sari himoyachilardan farqli ravishda, hujumchilarda yuqori darajada o‘ynash yanada qiyinlashib boradi.

U endi hech narsani isbotlashi shart emas. Bir yoki ikkita titul hech narsani hal qilmaydi”, — deydi “Manchester Yunayted”ning sobiq murabbiyi.

Avvalroq Ronaldu ushbu Yevropa Chempionati o‘zi uchun eng so‘nggisi ekanligini ta’kidlagandi.

Portugaliya terma jamoasi Yevro—2024 chorak finalida Fransiyaga qarshi bahs olib boradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!