"Krokus city"dagi terakt oqibatida jabrlangan oilalar farzandlari O‘zbekistonda dam olishdi

"Krokus city"dagi terakt oqibatida jabrlangan oilalar farzandlari O‘zbekistonda dam olishdi

Moskvadagi "Krokus city Hall"dagi terakt oqibatida jabrlangan oilalarning 100 nafar farzandi Toshkent viloyatidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida ikki hafta dam oldi. Bir kun avval Toshkent aeroportida bir guruh bolalar tantanali ravishda uylariga kuzatib qo‘yildi, deb xabar bermoqda Transport prokuraturasining Telegram’dagi rasmiy kanali.

O‘zbekistonda bolalar uchun dam olish tadbirlari O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federasiyasi tomonidan respublikaning bir qator vazirlik va idoralari ko‘magida tashkillashtirildi. Transport prokuraturasi Toshkent aeroporti bilan hamkorlikda bir guruh bolalarni kutib olish va kuzatish tadbirlari tashkil etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!