Mamlakatimiz yetakchisi ushbu sammit xalqaro vaziyat keskinlashayotgan bir sharoitda o‘tayotganini qayd etdi

Mamlakatimiz yetakchisi ushbu sammit xalqaro vaziyat keskinlashayotgan bir sharoitda o‘tayotganini qayd etdi

Yangi vayronkor mojarolar paydo bo‘lmoqda, global va mintaqaviy xavfsizlikka tahdid va xatarlar kuchayib bormoqda. Bu davlatlar o‘rtasida o‘zaro ishonch kamayayotgan, qarama-qarshilik va raqobat ortishi natijasida geosiyosiy keskinlik tobora o‘sayotgan vaziyatda kechmoqda.

— Bunday murakkab vaziyatda SHHTning asosi bo‘lgan tamoyillarga sodiqligimizni saqlash va yanada mustahkamlash favqulodda muhimdir. Ana shu tamoyillar tufayli Tashkilot bugungi yutuqlarga erishdi, xalqaro masalalarda yuksak nufuz va barqarorlashtiruvchi o‘ringa ega bo‘ldi,
— dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu nuqtai nazardan, Prezidentimiz «Shanxay ruhi»ning asosiy tamoyillariga — o‘zaro ishonch va manfaatdorlik, tenglik, madaniyatlar rang-barangligiga hurmat, bloklardan xoli maqomni saqlab qolish, qarorlar qabul qilishda konsensus prinsipiga qat’iy amal qilishni davom ettirishga chaqirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!