Buyuk Britaniyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda: hukmron partiyaning yirik mag‘lubiyati tahmin qilinmoqda

Buyuk Britaniyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda: hukmron partiyaning yirik mag‘lubiyati tahmin qilinmoqda

4 iyul kuni mamlakat parlamentining quyi palatasi – Jamoatlar palatasiga saylovlar boshlandi. Barcha so‘rovlar bosh vazir Rishi Sunak va uning Konservativ partiyasi Buyuk Britaniyada 14 yillik konservativ boshqaruvga barham beradigan yirik mag‘lubiyatga uchragayotganini ko‘rsatmoqda.

Kir Starmer boshchiligidagi Leyboristlar partiyasi uchun shov-shuvli muvaffaqiyat kutilmoqda. YouGov so‘roviga ko‘ra, leyboristlar 1832 yildan beri o‘zining eng yaxshi ko‘rsatkichlariga erishib, Jamoat palatasida 650 ta o‘rindan 431 tasini qo‘lga kiritishi mumkin. Ayrim tahlilchilarning fikrlariga ko‘ra, leyboristlar hatto 484 ta o‘rinni ham qo‘lga kiritishi mumkin, va holanki may oyi oxirida parlament tarqatib yuborilishidan avval, ular 202 ta o‘ringa ega edilar.

Ekspertlar ham liberal-demokratlarning natijalarini qiziqish bilan kutishmoqda. Ular hatto konservatorlarni chetga surib, parlamentdagi eng yirik muxolifat fraksiyasini tuza olishlari ham mumkin. Shu bilan birga, Nayjel Farajning o‘ng qanot populistik “Reform UK” partiyasi birinchi marta Jamoat palatasiga kirishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!