Bu yil magistraturaga qabul imtihonsiz bo‘ladi

Bu yil magistraturaga qabul imtihonsiz bo‘ladi

2024-2025 yilgi qabul jarayonida magistratura mutaxassisliklari uchun imtihonlar o‘tkazilmaydi, deb ma’lum qildi Oliy ta’lim vazirligi.

Talabgorlar diplom balli va chet tili sertifikatlari asosida qat’iy saralanadi. Bunda avval diplom bali, keyin chet tili sertifikati ustunligi ko‘rib chiqiladi.

Hujjatlarni topshirish jarayoni 30 iyulga qadar davom etadi. Magistraturaga qabul qilinganlar ro‘yxati 20 avgustga qadar e’lon qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!