Germaniya hukumati Afg‘onistondagi muhojirlarni deportasiya qilishi mumkin

Germaniya hukumati Afg‘onistondagi muhojirlarni deportasiya qilishi mumkin

Germaniya hukumati Afg‘onistondagi qochqinlarni o‘z vatanlariga deportasiya qila olmasligini, chunki bu mamlakat bilan diplomatik aloqalari yo‘qligini aytadi.

Biroq, Bild Germaniya hali ham Afg‘onistonning Berlindagi elchixonasi orqali Kobul bilan aloqalarni davom ettirayotganini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Elchi Yama Yari Germaniya poytaxtida 2021 yil fevral oyidan buyon o‘z lavozimini egallab kelmoqda va turli rasmiy tadbirlarda ishtirok etib kelmoqda. Shunday qilib, yaqinda Afg‘oniston vakili Federal Tashqi ishlar vazirligiga tashrif buyurdi.

Bundestag a’zosi va Afg‘oniston bo‘yicha ekspert Erik Kuzveyl «nazariy jihatdan Germaniya Kobul bilan muzokara olib borishi mumkin», deb tan olishga majbur bo‘ldi.

Ayni paytda Germaniyada 450 mingga yaqin afg‘onistonlik istiqomat qiladi, ulardan 13 ming nafari qochqin maqomi berilmagani uchun mamlakatni tark etishga majbur.

Bild ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonning Berlindagi elchixonasi deportasiya uchun kerakli hujjatlarni istalgan vaqtda berishi mumkin.

«Agar Afg‘onistonning Berlindagi elchixonasi kerakli hujjatlarni bersa, u holda [deportasiya uchun] muhim shart bajariladi», dedi migrasiya bo‘yicha tadqiqotchi Stefan Lyuft Bild nashriga.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!