Rossiya chegaralari yaqinida xorijiy harbiy qismlar ko‘paygani ortidan NATOga ogohlantirish yubordi

Rossiya chegaralari yaqinida xorijiy harbiy qismlar ko‘paygani ortidan NATOga ogohlantirish yubordi

Rossiya hukumati NATO rahbariyatiga murojaat yuborib, uning chegaralari yaqinida alyans qurolli kuchlari joylashtirilayotganiga qat’iy e’tiroz bildirdi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tarqatgan ma’lumotga asoslanib, “TASS” nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, Rossiyaga qo‘shni Finlyandiyada NATO harbiy kontingentini joylashtirish boshlangan. Ko‘plab harbiy ob’ektlar alyans boshqaruviga berilgan.

Rossiya rasmiylari Xelsinkining qurollanishi Moskva uchun tahdid ekanligini bildirgan. Rossiya NATO ittifoqchilarining agressiv qarorlariga qarshi turish uchun barcha zarur choralarni, jumladan, harbiy-texnikaviy vositalarni qo‘llashi xabar qilingan.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi o‘rinbosari Andrey Nastasin Rossiyaning har qanday tashqi xavfga nisbatan javob reaksiyasi shubhasiz va qat’iy bo‘lishini bildirgan. Kuch vositasida Moskvani yon berishga majburlashdan foyda yo‘q ekanini ta’kidlagan.

“Biz bu mavzuni bir necha bor muhokama qildik, shu jumladan, brifinglarda ham ushbu masala bo‘yicha izoh berdik. Faqat shuni tasdiqlashim mumkinki, Rossiya NATOning chegaramiz bo‘ylab harbiy kuchlar joylashtirishini javobsiz qoldirmaydi. Bu Rossiya Federasiyasi xavfsizligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdiddir”, — degan Nastasin.

Avvalroq Finlyandiya parlamenti AQSh bilan mudofaa sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida bitim imzolagan edi. Kelishuvga ko‘ra, Finlyandiya o‘zining 15 ta harbiy ob’ektini AQSh kuchlari foydalanishi uchun topshirishi kerak bo‘lgan. Shuningdek, Finlyandiya harbiy arsenali AQSh qurollari bilan almashtirilishi rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!