“Hizbulloh” qo‘mondoni o‘ldirilganiga javoban Isroilga 200 dan ortiq raketa uchirdi

“Hizbulloh” qo‘mondoni o‘ldirilganiga javoban Isroilga 200 dan ortiq raketa uchirdi

Livanning “Hizbulloh” guruhi qo‘mondoni Muhammad Nosir o‘ldirilishiga javoban Isroilning beshta harbiy pozisiyasiga 200 dan ortiq raketa uchirdi. Bu haqda Washington Post xabar berdi.

Isroil g‘arbdagi Nahariyadan sharqdagi Golan tepaliklarigacha 90 daqiqa ichida 17 ta havo hujumidan ogohlantirish signallari berilganini e’lon qidi. Yahudiy davlati harbiylari Livandan “ko‘p sonli raketalar” uchirilgani va ularning aksariyati mudofaa tizimi tomonidan “tutib olinganini” aytmoqda.

Qurbonlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q. Isroil armiyasi Livan janubidagi nishonlarga javob zarbalarini berganini aytgan.

“Hizbulloh” qo‘mondoni o‘ldirilishi

Isroil armiyasi Livanning janubiy hududlariga bergan zarbasi chog‘ida “Hizbulloh”ning yuqori martabali qo‘mondonlaridan biri Muhammad Nosir halok bo‘lgandi. Marhum Livanning janubi-g‘arbiy qismidan Isroilni o‘qqa tutgan bo‘linma qo‘mondoni bo‘lgan. U “Hizbulloh”ning chegaradagi ayrim operasiyalari uchun mas’ul bo‘lgan.

“Hizbulloh”ning yuqori lavozimli siyosatchisi Hasan Fadlallaning aytishicha, Nosir nishonga olinishini bilgan, ammo to‘qqiz oy davomida jang maydonini tark etmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!