«MYu» 250 nafar xodimiga javob beradi.

«MYu» 250 nafar xodimiga javob beradi.

«Manchester Yunayted» klubi tez orada jami ishchi xodimlarining to‘rtdan bir qismini qisqartirmoqchi.

Daily Mail xabariga ko‘ra, Jim Retkliff tashabbusi bilan xarajatlarni qisqartirish uchun klub tizimida so‘nggi oylarda o‘tkazilgan tekshiruv va tahlillardan so‘ng rahbariyat «MYu» tizimida faoliyat yuritayotgan 1112 nafar xodimdan 250ta ishchi o‘rnini qisqartirishga qaror qilgan. Klubdagi taftish ishlaridan keyin barcha bo‘limlarda qisqartirish qilinishi va bu klubdagi ish jarayonining borishiga ta’sir qilmasligiga ishonch hosil qilishgan. Rahbariyat bu orqali klub xodimlarining o‘z ishiga bo‘lgan mas’uliyati oshishiga umid qilmoqda.

Qayd etilishicha, 250 ishchi o‘rni qisqarishidan iqtisod qilingan mablag‘lar asosiy jamoani kuchaytirish ishlariga yo‘naltiriladi. Bu orqali klub moliyaviy feyr-pley talablarini ham bajargan bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, «MYu»ning jami ishchi xodimlari soni 1112 nafarni tashkil qiladi va bu borada klub APLda eng ko‘p ishchi o‘rniga ega jamoa sanaladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!