Prezident Erdog‘an Qatar Amiri bilan Yaqin Sharq inqirozini muhokama qildi

Prezident Erdog‘an Qatar Amiri bilan Yaqin Sharq inqirozini muhokama qildi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) davlat rahbarlarining 24-sammiti bo‘lib o‘tayotgan Ostonada Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Tani bilan uchrashdi.

Turkiya prezidenti ma’muriyatining aloqa boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, yetakchilar ikki tomonlama munosabatlar, shuningdek, Falastindagi vaziyat va Isroilning Livanga tahdidlari haqida gaplashgan.

Prezident Erdog‘an Isroil tajovuzining mintaqada tarqalish xavfini ta’kidlab, xalqaro hamjamiyatni, ayniqsa, islom dunyosini keskinlashuvning oldini olish va Isroilni jilovlash uchun zudlik bilan birgalikda harakat qilishga chaqirdi.

Turkiya rahbari, shuningdek, G‘azodagi gumanitar inqirozni bartaraf etish choralarini kuchaytirish va yordamning uzluksiz yetkazilishini ta’minlash muhimligini qayd etdi. Uning ta’kidlashicha, Turkiya bu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarini oshirishda davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!