Roy Jons Moskvada musiqachiga qarshi jang o‘tkazadi

Roy Jons Moskvada musiqachiga qarshi jang o‘tkazadi

Yarimog‘ir vaznda sobiq mutlaq jahon chempioni Roy Jons "Lujniki" majmuasida Moskva sport kuni doirasida ko‘rgazmali jang o‘tkazadi.

Rossiya fuqaroligiga ega Jonsning raqibi mashhur musiqachi bo‘lishi aytilmoqda, lekin uning ismi hali ochiqlanmagan.

"Ring men uchun ikkinchi uy va u yerda bo‘lishdan katta zavq olaman. Albatta, men allaqachon professional faoliyatimni yakunlab bo‘lganman, shuning uchun tayyorlanishga qo‘shimcha vaqt sarflashimga to‘g‘ri keldi. Raqibim jang san’atida katta tajribaga ega ekanligini eshitdim. Ishonchim komil-ki, biz Moskvadagi sport bayramida ajoyib shou namoyish etamiz va barcha muxlislarni qiziqarli jang bilan xursand qilamiz", deya xabarga munosabat bildirgan Roy.

Ma’lumot uchun, Roy Jons Seul Olimpiadasida kumush medal sohibiga aylangan. U 1989 yildan 2023 yilgacha professional boksda 76 ta jang o‘tkazdi. Charm qo‘lqop ustasining to‘rtta vazn toifasida chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritganini ta’kidlash lozim.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!