Zelenskiyning rafiqasi Yelena 4,5 millionga Bugatti Tourbillon giperkarini sotib oldi

Zelenskiyning rafiqasi Yelena 4,5 millionga Bugatti Tourbillon giperkarini sotib oldi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning rafiqasi Yelena 4,5 million yevroga dunyodagi eng qimmat sport avtomobili - Bugatti Tourbillon giperkarini sotib oldi.

Ma’lum qilinishicha, Yelena Zelenskaya cheklangan seriyali avtomobilni rasmiy taqdimotidan ikki hafta oldin ko‘rgan va yangi Bugattining birinchi egasiga aylangan. Ushbu mashinalardan jami 250 dona ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Mashina Ukraina rahbarining rafiqasiga faqat 2026 yilda topshiriladi. Uning asosiy xususiyatlaridan biri soatiga 445 kilometr tezlikka erisha olishi va 200 kilometrlik belgiga atigi ikki soniyada yetib borishidir.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil yanvar oyida Vladimir Zelenskiy Dubayda 600 kvadrat metrdan ortiq qimmatbaho kvartiralar sotib olgani ma’lum bo‘lgan edi.

Zelenskiy rafiqasining o‘tgan yildagi daromadi 316 ming dollardan ortiqni tashkil etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!