"Real" stadionida JCH-2030 finali o‘tkazilshi mumkin

"Real" stadionida JCH-2030 finali o‘tkazilshi mumkin

Futbol bo‘yicha 2030 yilgi Jahon Chempionati finalida Madridda bo‘lib o‘tadi.

Marca nashrining xabariga ko‘ra, Ispaniya, Portugaliya va Marokash qabul qiladigan mundial finalini “Real” stadioni “Santyago Bernabeu” qabul qiladi.

Marokash Qirollik futbol federasiyasi finalni o‘zida bo‘lib o‘tishini istashiga qaramasdan, FIFA Madrid stadioni finalni qabul qilishi tarafdori.

Oldinda hali ko‘plab tashkiliy masalarni hal qilish zarurligiga qaramasdan “Real” va FIFA o‘rtasidagi munosabatlar a’lo darajada.

31 iyulga qadar mezbon davlatlar Jahon Chempionati o‘yinlariga mezbonlik qiladigan shaharlar va stadionlar ro‘yxatini rasman taqdim etishlari kerak bo‘ladi. Ispaniyaning dastlabki ro‘yxatida 12-13 ta shahar bor edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!