Chekishni tashlamoqchimisiz? JSST bunga doir ilk klinik qo‘llanmani e’lon qildi

Chekishni tashlamoqchimisiz? JSST bunga doir ilk klinik qo‘llanmani e’lon qildi

📊 Hozir dunyo bo‘yicha 1,25 milliard nafar chekuvchi bor. Ularning 60 foizi — 750 milliondan ortig‘i bu illatdan xalos bo‘lishni istaydi. Ammo shulardan 70 foizi bunga ko‘maklashuvchi samarali xizmatlar va vositalardan foydalanish imkoniga ega emas.

📕Bu omillar Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tamaki qaramligidan qutilishga doir klinik qo‘llanmani ishlab chiqishi uchun asos bo‘ldi.

▶️ JSST rahbari Tedros Gebreyesusning ta’kidlashicha, kattalar uchun mo‘ljallangan va qariyb barcha turdagi tamaki mahsulotlari iste’molidan xalos bo‘lishga yordam beruvchi ushbu yo‘riqnoma mazkur xavfli illatga qarshi global miqyosda kurashish borasida muhim qadamdir.

💊 Qo‘llanmada tamakiga qaramlikni davolashda vareniklin dori vositasi, nikotinni almashtirish terapiyasi, burpropion antidepressanti va sitizin preparatidan foydalanish tavsiya qilingan.

📌 Shuningdek, tibbiyot muassasalarida rejali tibbiy yordam sifatida xulqiy terapiyani qo‘llash maqsadga muvofiqligi qayd etilgan.

📲 Bundan tashqari, mazkur jarayonda elektron matnli xabarlar, smartfon ilovalari va internet dasturlari kabi raqamli texnologiyalar yaxshi samara berishi mumkin.

‼️ JSST sog‘liqni saqlash muassasalari, boshqaruv organlari va boshqa manfaatdor tomonlar chekishga qarshi kurashish va millionlab odamlar salomatligini yaxshilashda ushbu ko‘rsatmalarni amaliyotda joriy etishi ijobiy natija beradi, degan xulosada.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!