G‘azo inqirozi AQShning ushbu tugunni bir o‘zi yechishga urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchraganini ko‘rsatdi — Putin

G‘azo inqirozi AQShning ushbu tugunni bir o‘zi yechishga urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchraganini ko‘rsatdi — Putin

“Tarix, AQShning “Falastin tugunini chopib tashlash”ga bo‘lgan yakkaxon urinishlarining samarasiz va qarama-qarshi natijaga olib kelishini ko‘rsatdi. Vaholanki, Qo‘shma Shtatalar bajarishdan voz kechayotgan BMT qarorida ushbu hududda ikki mustaqil va suveren davlat – Isroil va Falastinning yaratilishi va ular tinch-totuv yashashi aniq aytib o‘tilgan”, - dedi Putin.

Evroosiyo makonida ham global miqyosda ham xavfsizlik va barqarorlik masalalari SHHT va uning barcha a’zolarining faol ishtirokini, hamfikrlar manfaatlarini hisobga oluvchi yagona yondashuvni talab qiladi, deb xulosa qildi Rossiya yetakchisi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!