UzAuto Motors Cobalt uchun shartnoma berish ochilishini malum qildi

UzAuto Motors Cobalt uchun shartnoma berish ochilishini malum qildi

Chevrolet Cobalt avtomobili xaridi uchun avvalgi kontraktasiya natijalariga ko‘ra, to‘lovi o‘z vaqtida amalga oshirilmagan, shu jumladan bekor qilingan hajmlar bo‘yicha shartnomalarga navbatdagi kontraktasiya ochilishi ma’lum qilindi.

5 iyul, juma kuni soat 10:00 da sotuv jarayonlari boshlanadi. Avtomobillarni xarid qilish uchun shartnoma tuzish faqat savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshirilishi mumkin.

Telegram-bot hamda UzAvtosavdo ilovasi navbatni kuzatish xizmatini va mavjud avtomobillar haqida ma’lumotni taqdim etadi.

Eslatib o‘tamiz, avtomobil xaridi uchun tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov yetti kalendar kun ichida amalga oshirilishi lozim. Aks holda, mazkur shartnomalar avtomatik ravishda bekor qilinib, kontraktasiyaga qayta qo‘yiladi. Shu munosabat bilan UzAuto Motors avtoixlosmandlardan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishlarini so‘raydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!