Minskda MDHga a’zo davlatlar Mudofaa vazirlari kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Minskda MDHga a’zo davlatlar Mudofaa vazirlari kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Minsk shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar Mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov ham mazkur yig‘ilishda ishtirok etdi.

Yig‘ilish avvalida Hamdo‘stlik davlatlari mudofaa vazirlari Minskda joylashgan «G‘alaba maydoni»dagi «Abadiy alanga»ga gulchambarlar qo‘ydi.

Belarus Respublikasi Milliy kutubxonasida o‘tkazilgan yig‘ilish davomida mudofaa idoralari delegasiyalari rahbarlari MDH formatida ko‘p tomonlama harbiy hamkorlikni rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqdilar va ma’qulladilar, jumladan:

  • qo‘shma harbiy-ilmiy faoliyat, mudofaa idoralarining o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishdagi zamonaviy yondashuvlari va amaliy tajribasi bilan bog‘liq masalalar;
  • 2025 yilga mo‘ljallangan Qo‘shma tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Shuningdek, MDH Mudofaa vazirlari kengashi a’zolarining qaroriga muvofiq, Rossiya Federasiyasi mudofaa vaziri Andrey Belousov MDH Mudofaa vazirlari kengashining raisi etib saylandi.

Yig‘ilish ishtirokchilari MDHga a’zo davlatlarning havo hujumidan mudofaa qo‘shma tizimini takomillashtirish va rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar. MDH Mudofaa vazirlari kengashi huzuridagi Havo hujumidan mudofaa masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi qo‘mita raisi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Mudofaa vazirlari kengashi majlisi yakunlari bo‘yicha bir qator hujjatlar MDH tashqi ishlar vazirlari, hukumat rahbarlari va davlat rahbarlari kengashiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!