O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston 2035 yilgi Osiyo kubogini o‘tkazishi mumkin

O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston 2035 yilgi Osiyo kubogini o‘tkazishi mumkin

O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston 2035 yilgi Osiyo kubogini birgalikda o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, musobaqa mezbonlari avtomatik tarzda Osiyo kubogida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

2023 yilning may oyida Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi (CAFA) prezidenti Emomali Rustam tashkilot kongressida 2031 yoki 2035 yillarda Osiyo kubogi final bosqichini o‘tkazish uchun qo‘shma ariza topshirish rejasini e’lon qilgan edi.

Emomali Rustam o‘z nutqida mintaqa tarixda hech qachon Osiyo kubogining final bosqichiga mezbonlik qilmaganini ta’kidladi.

“Menimcha, vaqti keldi. Mintaqamiz juda kuchli jamoalardan iborat va ishonchim komilki, biz qardosh davlatlar bilan birgalikda Osiyo chempionatining final bosqichini yuqori saviyada o‘tkazamiz”, — dedi CAFA prezidenti.

Shundan so‘ng Osiyo Futbol Konfederasiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi va mintaqa terma jamoalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatini o‘tkazishga munosib ekanini ta’kidladi.

Osiyo Kubogi (OFK) 1956 yildan buyon har 4 yilda bir marta o‘tkazib kelinmoqda va jahon chempionatidan bir yil o‘tib o‘tkaziladi. Yaponiya terma jamoasi 4 bora bosh sovrinni qo‘lga kiritgan.

2023 yilda o‘tkazilgan so‘nggi turnir mezbon Qatar terma jamoasining g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘zbekiston terma jamoasi mezbon jamoaga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lib, chorak finalda o‘z yurishini to‘xtatgan edi.

Navbatdagi Osiyo kubogi 2027 yilda bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!