Qoraqalpog‘istonda 71 yoshli erkak bedarak yo‘qoldi

Qoraqalpog‘istonda 71 yoshli erkak bedarak yo‘qoldi

U uyidan 20 iyun kuni chiqib ketib, qaytib kelmagan.

Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati 71 yoshli fuqaroga nisbatan qidiruv e’lon qildi.

Xabar berilishicha, 2024 yilning 20 iyun kuni taxminan 12:00larda To‘rtko‘l tumani, Chaman ko‘chasi, 5-uyda yashovchi 1953 yilda tug‘ilgan Atajanov Qizibay uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan. Ushbu shaxs ruhiy kasal ekanligi aytilmoqda.

Uni ko‘rgan va bilganlar bo‘lsa, Ichki ishlar vazirligining qisqa raqami (102) yoki quyidagi raqamlarga murojaat qilishlari so‘raldi:

  • 61-222-56-11;
  • 95-231-02-02;
  • 61-222-93-78.

Xabar bergan fuqaroning shaxsiy ma’lumotlari sir saqlanishi kafolatlanadi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!