“Renn” klubi futbolchisi ayolning o‘limiga sababchi bo‘ldi

“Renn” klubi futbolchisi ayolning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Ismi sir saqlanayotgan Fransiyaning “Renn” klubi futbolchisi odam o‘ldirishda ayblanmoqda.

“Renn” klubining 18 yoshli futbolchisi elektr-skuterda ketayotganda 51 yoshli ayolning o‘limiga sababchi bo‘ldi, deb xabar bermoqda RMC.

La Province nashrining aniqlik kiritishicha, YTH Renn shahri markazidagi ko‘chaning piyodalar o‘tish joyida sodir bo‘lgan. Voqeadan keyin ayol bir necha kun kasalxonada davolangan.

Ma’lum qilinishicha, hodisa vaqtida skuterda ikki yigit bo‘lgan. Ikkinchi yo‘lovchi “Renn” akademiyasida tahsil oluvchi voyaga yetmagan sportchi hisoblanadi. Tekshiruv ularning spirtli ichimlik va giyohvand moddalar iste’mol qilmaganini ko‘rsatdi.

Prokuror Filipp Astrukning ma’lum qilishicha, 18 yoshli futbolchi 4 iyul, payshanba kuni prokuror oldida ko‘rsatma beradi.

“Renn” Fransiyaning eng qadimgi klublaridan biri bo‘lib, 1901 yilda tashkil etilgan bo‘lib, uch marta mamlakat kubogi va ikki marta mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!