O‘zbekistonda ish haqi va nafaqa pullarining 3,7 mlrd so‘mi talon-toroj qilingani aniqlandi

O‘zbekistonda ish haqi va nafaqa pullarining 3,7 mlrd so‘mi talon-toroj qilingani aniqlandi

O‘zbekistonda ish haqi va nafaqa pullarining 3,7 mlrd so‘mi talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, prokurorlar sektorlaridagi “temir daftar”ga kiritilgan 5 mingdan ziyod oilaga har tomonlama ko‘mak berilmoqda. “Ayollar” va “yoshlar daftarlari”ga kiritilgan 243 456 nafar xotin-qizlar va 29 198 nafar yoshlarning huquqlarini himoya qilishga doir ishlar davom ettirilmoqda.

Bugungi kun holatiga yoshlarning 2881 nafarini bandligi ta’minlandi, 1796 nafari kasb-hunarga yo‘naltirildi, 400 nafariga kredit ajratildi, 475 nafariga 536 million so‘m moddiy yordam ko‘rsatildi, 191 nafar yoshlarga 712 million so‘m subsidiya ajratildi.

O‘tkazilgan o‘rganishlarda 3087 ta yangi ish o‘rni hisobotlarga qo‘shib yozilgani aniqlanib, aybdor shaxslar tegishli javobgarlikka tortildi. Ish haqi va nafaqa pullarining 3,7 milliard so‘mi talon-toroj qilingani aniqlanib, 34 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Shuningdek, xorijiy investorlar faoliyatida yuzaga kelgan 1644 ta muammo ijobiy hal etildi. Prokuratura organlarining aralashuvi bilan qarzdorliklarning 6,4 trillion so‘mi amalda undirildi, 5,7 trillion so‘mlik kreditlar bo‘yicha garovdagi mulklarning sotuvga chiqarilishi ta’minlandi, 1,2 trillion so‘mlik ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv qarzdorlarning ish haqiga qaratildi.

O‘tkazilgan nazorat tadbirlarida kredit mablag‘larining 1,5 trillion so‘mi talon-toroj qilingani aniqlanib, bank va mijoz korxonalar rahbarlariga nisbatan 540 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!