Parkent tumanida 150 mln so‘m imtiyozli kredit olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Parkent tumanida 150 mln so‘m imtiyozli kredit olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Parkent tuman bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.J. fuqaro B.A.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki hududiy tijorat banki filialida ishlovchi tanishlari yordamida 150 mln so‘m imtiyozli kredit olib berishini aytib, evaziga 10 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!