Xitoy harbiy-havo kuchlari samolyoti Moskvaga shubhali qo‘ndi

Xitoy harbiy-havo kuchlari samolyoti Moskvaga shubhali qo‘ndi

29 iyun kuni Xitoy harbiy-havo kuchlarining Y-20 harbiy-transport samolyoti Moskvaga qo‘ndi. Ushbu samolyotning Rossiya Federasiyasiga qo‘nishi haqida aviasiya harakatini kuzatuvchi internet portallari xabar bermoqda.

Harbiy yuklarni tashishga qodir Xitoy harbiy samolyotlarining paydo bo‘lishi Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi kontekstida xavotir uyg‘otmoqda.

Ushbu samolyotning Moskvaga tashrifi maqsadi rasman e’lon qilinmagan.

G‘arb razvedka ma’lumotlariga tayanib, bugungi kunda Xitoydan Rossiya Federasiyasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy yuk yetkazilganligini ko‘rsatuvchi faktlar yo‘qligini ta’kidlagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!