“Manchester Yunayted” 250 nafar xodimini ishdan haydadi

“Manchester Yunayted” 250 nafar xodimini ishdan haydadi

“Manchester Yunayted” rahbariyati klub xodimlarining 25 foizini ishdan olishga qaror qildi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.

Manba ko‘ra, klub xodimlariga 1100 nafar ishchidan 250 tasi ishini yo‘qotishi haqida xabar berildi. Ma’lum bo‘lishicha, klub rahbariyatini xarajatlar hajmini tahlil qilib chiqqanidan keyin shunday qarorga kelgan.

O‘rganish oqibatida barcha bo‘limlarda xodimlarni qisqartirish masalasi ko‘tarildi. Bungacha, “Yunayted” eng ko‘p xodim ishlayotgan klub bo‘lib kelayotgan edi.

Ayni paytda “Liverpul”da 1005, “Chelsi”da 788, “Tottenxem”da 719 va “Arsenal”da 649 nafar xodim ish yuritadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!