Bir yarim sentnerlik ayol to‘yining o‘n yilligi uchun ikki barobar ozdi

Bir yarim sentnerlik ayol to‘yining o‘n yilligi uchun ikki barobar ozdi

145 kilogrammli avstraliyalik ayol turmush qurganining o‘n yillik munosabati bilan ikki barobarga ozdi, deya xabar bermoqda Daily Mail nashri.

Belinda Brodi (Belinda Brodie) Avstraliyaning Pert shahrida turmush o‘rtog‘i bilan umrguzaronlik qilib kelar edi. Ammo 2007 yili to‘ng‘ich farzandi dunyoga kelgach, Belindada gormonal o‘zgarishlar ro‘y berib, asta-sekin vazn ola boshlaydi.

Ortiqcha vazn, kutilganidek, ayolga noqulayliklar tug‘dira boshlaydi. Alaloqibat, ayol o‘zini boshqarolmay ham qoladi, negaki uning vazni naq 145 kilogrammga yetgandi. Shundan so‘ng ayol tirishqoqlik bilan jismoniy mashqlarni kuchaytiradi. Avvalboshda bir necha kilogrammga vazni kamaygach, oradan o‘n yil o‘tib Belinda 76 kilogrammga ozadi. Hozirda u vaznini yana ham kamaytirish ilinjida.

Manba: darakchi.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!