Avstraliyada o‘zini qirg‘oqqa otgan 400ga yaqin delfinlar halok bo‘lishdi

Avstraliyada o‘zini qirg‘oqqa otgan 400ga yaqin delfinlar halok bo‘lishdi

Avstraliyaning Tasmaniya orol-davlati qirg‘og‘iga o‘zini otgan qariyb 380 ta qora grint-delfinlar halok bo‘lishdi.

Bu haqda Bi-bi-si xizmati xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, ikki kun ichida jami 470 delfin orolning sharqiy sohiliga o‘zlarini otishgan.

Shulardan elliktasining hayotini saqlab qolgan qutqaruvchilar yana o‘nlab delfinlarga yordam berishga harakat qilishmoqda.

«Ular hali ham tirik, biz ularni qutqarishga umid qilmoqdamiz. Ammo vaqt o‘tmoqda va ular tobora charchashmoqda. Xavf ostida bo‘lgan, hatto o‘lgan hayvonlar soni ko‘payib borayotganidan juda xafamiz", - deydi hukumati vakili Nik Deka.

Sutemizuvchilarni qutqarish operasiyasida deyarli 60 ta maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan odamlar ishtirok etmoqda.

Hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, bu Avstraliya tarixidagi eng yirik shunday hodisa.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!