Atambayevning o‘g‘illari ham hibsga olindi

Atambayevning o‘g‘illari ham hibsga olindi

Qirg‘izistonda sobiq prezident Almazbek Atambayevning o‘g‘illari Qodir va Seyid Atambayev ham hibsga olindi.

Bu haqda “AKIpress” xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, ular respublika Ichki ishlar vazirligi tergov xizmatiga yetkazilgan.

Avvalroq, Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev ommaviy tartibsizliklar uyushtirish faktida gumonlanib hibsga olingan edi.

2017 yilda Atambayev hokimiyatni vorisi va eng yaqin ittifoqchisi Sooronbay Jeenbekovga topshirdi. Ko‘p o‘tmay, sobiq davlat rahbarining jamoa a’zolariga qarshi jinoiy ishlar ochildi. Atambayev sobiq prezident maqomidan mahrum qilindi va og‘ir jinoyatlar sodir etganlikda ayblandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!