AQSh senatorlari Putin bilan suhbatlarda qatnashgan Trampning tarjimonini so‘roq qilishmoqchi

AQSh senatorlari Putin bilan suhbatlarda qatnashgan Trampning tarjimonini so‘roq qilishmoqchi

Demokrat senatorlar Bob Menendes hamda Jek Rid AQSh hamda RF prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Putin uchrashuvida ishtirok etgan tarjimonni so‘roqqa tortish uchun ruxsat so‘rab Oq uyga murojaat bilan chiqdi.

Senatorlarning Oq uyga maktubida prezident Donald Tramp yozib olingan rus lideri bilan suhbarlarini doimiy ravishda saqlab kelishi qayd etilgan, deb yozdi TASS.

Avvalroq The Washington Post Trampning Putin bilan suhbatlari yozib olingan barcha manbalarni sir saqlashi hamda tarjimonlarga buni birov bilan muhokama qilmasliklarini tayinlashi to‘g‘risida xabar bergan edi. Shundan so‘ng AQSh hukumati vakillari rus lideri bilan suhbatda Trampga hamrohlik qiladigan tarjimonlarni so‘roqqa tortishga qaror qilishdi.

life.ru


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!